Samarqandda do‘sti bilan poyga o‘ynayotgan yigit 43 yoshli ayolning umriga zomin bo‘ldi (video)
- 02.08.2019 16:11
- 2946
- Samarqand
Samarqand viloyatining Samarqand shahrida 22 yoshli "Malibu" haydovchisi piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan 1976 yilda tug‘ilgan ayolni urib yuborgan. 43 yoshli ayol voqea joyida vafot etdi. Bu haqda "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturida lavha uzatildi.
Qayd qilinishicha, haydovchi Bulung‘ur tumanida yashovchi Ahmedov Abdumalik Eshmurot o‘g‘li o‘sha kuni do‘sti bilan katta yo‘lda poyga o‘ynayotgan bo‘lib, mashinani 90 km soat tezlikda boshqarib ketayotgan bo‘lgan.
Sud unga nisbatan tegishli moddalar bilan 2 yil muddatga transport moddasini boshqarish huquqidan mahrum etdi va 20 foiz davlat daromadi hisobiga ushlab qolish yo‘li bilan 3 yil muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi.
Teglar:
yo‘l transport hodisasi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa