Samarqandda yengil avtomobil ishlab chiqariladi

Bugun “SamAuto” kompaniyasi “ISUZU D-MAX” pikaplarining taqdimotini o‘tkazdi.

2020 yil yanvar oyidan ushbu pikaplar quyidagi 3 ta modifikatsiyada va 7 xil rangda sotuvga chiqariladi:

“D-Max Sahar” - bir qatorli kabina, 3 o‘rindiq, 4x2 (orqa), dizel yoqilg‘i, 100 kilometrga 10-12 l., 2,5 litrli dvigatel hajmi, mexanik uzatmali, yuk ko‘taruvchanligi 1100 kilogramm.

“D-Max Oksus” - ikki qatorli kabina, 5 o‘rindiq, 4x4, dizel yoqilg‘i, 100 kilometrga 10-12 l., 2,5 litrli dvigatel hajmi, mexanik uzatmali, yuk ko‘taruvchanligi 895 kilogramm.

“D-Max Irbis” - ikki qatorli kabina, 5 o‘rindiq, 4x4, dizel yoqilg‘i, 100 kilometrga 10-12 l., 3 litrli dvigatel hajmi, avtomat uzatmali, yuk ko‘taruvchanligi 865 kilogramm.

Avtomobil narxlari 270 million - 380 million so‘m oralig‘ida belgilanishi kutilmoqda.