Samarqandda Germaniya Xalqaro Hamkorlik tashkiloti (GIZ) grant loyihasi doirasidagi ishlarga start berildi
- 07.10.2019 17:51
- 133
- Samarqand
Bugun, 7 oktyabr kuni viloyat hokimligida Germaniya Xalqaro Hamkorlik tashkilotining Bonn shahridagi bosh ofisi - Sanoat va global loyihalar departamenti rahbari Andreas Proksh boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Samarqandda paxtachilik klasterlari va to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish masalalar muhokama etildi. GIZ tomonidan viloyatimizga grant loyihasi ajratilgani va ushbu loyiha doirasidagi ishlarga bugundan start berilgani ma’lum qilindi.
Tashrif dasturi doirasida delegatsiya a’zolarining Ishtixon tumanidagi “Maroqand sifat tekstil” klaster korxonasi faoliyati bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.
Teglar:
Germaniya