Samarqandda isitish mavsumi yakunlandi

Viloyat hokimi E.Turdimoving 2023 yil 16 martdagi farmoyishiga asosan viloyatdagi ijtimoiy soha ob’yektlari hamda turar-joy binolarini isitish davri kecha, 16 martidan boshlab yakunlangan.

Farmoyishga ko‘ra, mutasaddi tashkilotlarga 10 kun muddat ichida “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasiga qarashli isitish qozonlari va issiqlik uzatish tarmoqlarini xatlovdan o‘tkazish, shuningdek, 20 kun muddatda issiqlik energiyasini qabul qiladigan ko‘p qavatli uy-joylardagi isitish tarmoqlarini 2023-20024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash chora-tadbirlarini belgilab, joriy va mukammal ta’mirlash ishlarini 2023 yil 1 sentyabriga qadar yakunlash vazifasi topshirilgan.

Viloyat xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hamda maktabgacha ta’lim boshqarmalari rahbarlariga tizimga qarashli ijtimoiy soha ob’yektlaridagi mavjud qozonlar, qozonxonalar, issiqlik uzatish tarmoqlari va isitish pechlarini 10 kun muddat ichida xatlovdan o‘tkazib, aniqlangan kamchiliklarni joriy yilning 15 avgustigacha bartaraf etish choralarini ko‘rish topshirilgan.