Samarqandda jinoyat: 10 tonna mayizning puli qayerda?
- 01.05.2019 13:18
- 418
- Jinoyat va jazo
2019 yil 30 aprel kuni Samarqand viloyati Urgut tuman Ichki ishlar organlari faoliyatni muvofiqlashtirish boshqarmasiga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 22 fevral kuni Soyg‘o‘s mahallasida yashovchi O‘.E. tanishi M.M.ning uyida, undan og‘irligi 10 476 kg. bo‘lgan mayiz mahsulotlarini 120 mln. so‘mga hisoblab olib ketganligi va O‘.E. pullarni shu kunga qadar bermasdan yurganligi ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘.E. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda aniq.uz.