Samarqandda karantinda saqlangan 1051 nafar fuqaro o‘z oilasiga qaytdi
- 09.04.2020 14:41
- 454
- Samarqand
Samarqand shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi binosiga joylashtirilgan fuqarolarning 14 kunlik karantin muddati tugadi.
Ushbu manzilga joriy yilning 25 mart kuni joylashtirilgan 1051 nafar fuqarolar tibbiy kuzatuv davrida ikki marotaba laboratoriya test sinamalaridan o‘tkazilgan. Olingan tahlil natijalari kuzatuv ostida bo‘lganlarda virus yo‘qligini ko‘rsatgan. Endilikda ushbu fuqarolar 10 kun davomida uy sharoitidagi karantin kuzatuvida bo‘lishadi.
Ayni paytda Samarqandda jami karantinga olingan fuqarolar soni 2649 nafarni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 9 aprel soat soat 13:00 holatiga Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1 nafarni tashkil qilmoqda.
Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.