Samarqandda mahallalardagi hokim yordamchilari tasarrufiga 28 milliard so‘m beriladi
Viloyatimizda iqtisodiy xarajatlar uchun 2022 yilda Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan;
mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan tasarruf qilish uchun 28,6 milliard so‘m ajratiladi. Bu 1115 ta mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etishga sarflanadi.
Shuningdek, 30 ta maxsus texnika xarid qilish uchun 13 milliard so‘m ajratilib, shahar va tumanlar obodligi ta’minlanadi.
Issiqlik korxonalari uchun 689,2 million so‘m subsidiya ajratiladi. Ushbu mablag‘ hisobidan 164 ta uy-joydagi xonadonlar uchun arzon issiqlik ta’minoti yetkazib beriladi.
94 ta nasos stansiyasi uchun jami 77,8 milliad so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi va 69 ming gektardan ortiq ekin maydoni uzluksiz suv bilan ta’minlanadi.
71 kilometr ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun 23,2 milliard so‘m ajratiladi. Bu bilan 92 ta mahalladagi 275 ta ko‘cha ta’mirlanadi.
ko‘p qavatli uylarda liftlarni ta’mirlash uchun 7,6 milliard so‘m mablag‘ hisobidan 12 ta ko‘p qavatli uydagi nosoz liftlardan 40 tasi ta’mirlanadi.
1020 kilometr yo‘l chiziqlari hamda 1475 ta yo‘l belgilarini o‘rnatish uchun 1911 million so‘m ajratiladi.