Samarqandda "Malibu" bilan zovurga tushib ketgan haydovchiga yordam ko‘rsatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Malibu" rusumli avtotransport vositasining zovurga tushib ketganligi haqidagi surat-lavhalar tarqaldi.

Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida hodisa 2020 yilning 5 oktyabr kuni soat 16:10 larda 4r-48 avtomobil yo‘lining 69 kilometrida sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

Shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan "Malibu" haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tarafidagi suv oqib o‘tadigan zovurga tushib ketgan. Oqibatda avtomashina ichida bo‘lgan haydovchi va 1 nafar yo‘lovchi tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan. Samarqand viloyati IIB YHXB matbuot xizmati xabar berishicha, hozirda ularning ahvoli yaxshi.

Viloyat IIB YHXB haydovchilardan, yo‘llarda hushyor bo‘lishlarini so‘raydi.