Samarqandda xorij sarmoyasidagi nechta korxona bor?

Yurtimizda investitsion muhitning yaxshilanib borayotganligi tufayli yilning o‘tgan davrida viloyatimizda 140 ta xorij sarmoyasidagi korxona tashkil etildi. Hozirgacha viloyatimizda davlat ro‘yxatidan o‘tgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 528 taga yetdi va ularning 516 tasi ishlab chiqarish jarayonlarida qatnashmoqda.

Ularning 281 tasi sanoat, 76 ta savdo, 51 qishloq, o‘rmon va baliqchilik, 18 ta yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar, 47 ta qurilish, tashish va saqlash va boshqa sohalar hisasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Yangi tashkil etilgan korxonalar Xitoy (85), Turkiya (84), Rossiya (76), Janubiy Koreya (36), Eron (26), Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi (16), AQSh (15), Birlashgan Arab Amirliklari (14), Qozig‘iston (11) va Germaniya (10) davlatlari sarmoyasida tashkil etilgan.

Samarqand viloyat statistika boshqarmasi axborot xizmati