Samarqandda “Obod qishloq” va Obod mahalla” dasturlari doirasida qurilayotgan ob’yektlarni foydalanishga topshirish nega kechikyapti?

“Obod qishloq” va Obod mahalla” dasturlariga asosan viloyatda jami 42 ta qishloq, 6 ta mahallalarda qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bu haqda viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan navbatdagi apparat yig‘ilishida ma’lum qilingan.

Viloyat hokimligi tomonidan shahar va tuman hokimliklariga dasturlar doirasida ob’yektlarning qurilish-montaj ishlarini 5 oktyabrga qadar tugatib, foydalanishga topshirish topshirig‘i berilgan. Biroq ayrim mas’ullar, sektor rahbarlari va sohalar bo‘yicha mutasaddilarning mas’uliyatsizligi tufayli ularni foydalanishga topshirish kechikmoqda.

Bugungi kunda tasdiqlangan dasturlar doirasida jami 67 ta ijtimoiy soha ob’yektlariga 38,3 milliard so‘m (34 foiz) mablag‘lar moliyalashtirilgan bo‘lib, ob’yektlarda 93,3 milliard so‘mlik (83 foiz) qurilish-montaj ishlari bajarilgan.

Hozirda bor-yo‘g‘i 14 ta ob’yektlarda qurilish-montaj ishlari tugatilgan. Shundan 3 tasini foydalanishga qabul qilish dalolatnomalari rasmiylashtirilgan, xolos.

Yo.GADOYEV.