Samarqandda o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq yana bir firibgarlik holati fosh etilgan
- 19.05.2023 11:52
- 385
- Jinoyat va jazo
Avvalroq soxta hujjat bilan oliy o‘quv yurtiga o‘qishni ko‘chirishni va’da qilgan firibgar ushlangandi.
Bu galgi holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Unga ko‘ra, TATU Samarqand filiali bo‘lim boshlig‘i K.Z. fuqaro R.R.ning farzandining o‘qishini Tojikiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasasidan O‘zbekiston-Finlandiya institutiga ko‘chirib berish evaziga 1 600 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan.
Ushbu pullar hisobidan 500 AQSh dollari qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Teglar:
firibgarlik
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa