Samarqandda o‘tgan fevral oyida 189 nafar huquqbuzar aniqlanib, jarimaga tortilgan
Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan 2024 yil fevral oyida shahar va tumanlarda o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida 189 nafar huquqbuzarlarni belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganligi aniqlangan.
Jumladan:
Boshqarma tomonidan – 13 ta, Oqdaryo tumanida - 10ta, Bulung‘ur tumanida – 12 ta, Jomboy tumanida - 12 ta, Ishtixon tumanida – 4 ta, Kattaqo‘rg‘on tumanida – 17 ta, Narpay tumanida – 19 ta, Qo‘shrabod tumanida – 6 ta, Payriq tumanida – 20 ta, Past Darg‘om tumanida – 5 ta, Paxtachi tumanida – 17 ta, Samarqand tumanida – 5ta, Nurobod tumanida – 6 ta, Urgut tumanida – 11 ta, Toyloq tumanida – 7 ta, Samarqand shahrida – 21ta va Kattaqo‘rg‘on shahrida – 13 ta holat qayd etilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlarning barchasiga O‘zbekiston Respublikasi «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, yuz million so‘mdan ziyod so‘m jarima belgilangan.