Samarqandda O‘zLiDeP a’zolarining soni 86 mingdan oshdi
Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash, sohani rivojlantirish borasidagi islohatlar bois xalqimiz turmush tarzida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. O‘rta va kichik biznesga keng yo‘l ochilishi evaziga sohaga kiziqquvchilar soni kundan-kunga ortmoqda.
Markaziy bank Samarqand viloyat bosh boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, 2018 yil davomida birgina Samarqand viloyatida “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi doirasida 4000 ga yaqin fuqorolarga 119 milliard so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan. Joriy yilda mazkur davlat dasturi doirasida 300 milliard so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Shu nuqtai nazardan, keyingi yillarda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston liberal demokratik partiyasining xayrixohlari va safdoshlari ko‘paymoqda.
2019 yilning birinchi choragi yakuniga ko‘ra, O‘zLiDePning Samarqand viloyatdagi a’zolari soni 86 193 nafarga yetgan. Ularning 48 344 nafari ya’ni 56,1 % yoshlardir. Partiya a’zolari soni 2019 yilning yanvar holatida 76 141 nafarni tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan 3 oy mobaynida 10 052 nafarga ko‘paygan.
Baxtigul Qarshiyeva,
O‘zLiDeP Samarqand viloyat
Kengashi matbuot kotibi.