Samarqandda qo‘shma korxona foydasiga 120 million so‘m qarzdorlik undirildi
- 06.05.2021 18:07
- 59
- Iqtisodiyot
Kattaqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yil 19 yanvardagi sud hujjatida “Kattaqo‘rg‘onpaxtamash” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan “Samarkand-NPK” qo‘shma korxonasiga 100 million 868 ming so‘m asosiy qarz va 20 million so‘m penya undirish belgilangan.
Mazkur hujjat Majburiy ijro byurosi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, tomonlarga yuborilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bankdagi hisob-raqamiga davlat ijrochisining qaroriga asosan band solingan va unga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutasaldi so‘rov xatlari yuborilgan.
Ushbu ijro hujjati bo‘yicha javobgardan “Samarkand-NPK” qo‘shma korxonasi foydasiga 100 868 ming so‘m asosiy qarz va 20 million so‘m penya to‘liq undirildi.
Majburiy ijro byurosi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa