Samarqandda qo‘shni mamlakatlar bozoriga mahsulot yetkazib beruvchi ulgurji savdo hududi tashkil etilishi mumkin
Prezident o‘tgan hafta Toshkent investitsiya forumida ko‘p milliard dollarlik shartnomalar va kelishuvlariga erishilganini qayd etdi.
Shuningdek, ko‘plab xorijiy tadbirkorlar O‘zbekistonda o‘z biznesini boshlash yoki rivojlantirish bo‘yicha tashabbus qilgan.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga:
- bir oy muddatda Yevropa, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Koreya, Yaponiya kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazib, ularning ishlab chiqarish zanjiriga qo‘shilish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash, bu ishlarga xorijdagi elchilarimizni ham faol jalb etish;
- erkin iqtisodiy zonalarda ulgurji savdo kompaniyalari faoliyati uchun imkoniyat yaratish va ularga imtiyozlar berish;
- 1 iyulga qadar Navoiy, Samarqand, Toshkent viloyati va 1 sentyabrga qadar Buxoro va Surxondaryoda qo‘shni mamlakatlar bozoriga mahsulot yetkazib beruvchi ulgurji savdo hududi tashkil etish topshirildi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi.