Samarqandda Rossiya instituti bilan hamkorlikda suv o‘tlari laboratoriya sharoitida yetishtiriladi

Rossiya Fanlar akademiyasi O‘simliklar fiziologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining suv o‘simliklari sistematikasi laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari doktori, professor Maksim Kulikovskiy Samarqand veterinariya meditsinasi institutida seminar-trening o‘tkazdi.

“Molekulyar biologiya, biotexnologiya sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar va yechimini kutayotgan muammolar” mavzusidagi seminar-treningda institutning biotexnologiya va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda ushbu ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar ishtirok etishdi.

Rossiya Federatsiyasidagi mazkur ilmiy-tadqiqot instituti bilan SamVMI biotexnologiya kafedrasi o‘rtasida ilmiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

Unga ko‘ra, baliqchilik sohasini rivojlantirishda to‘yimli ozuqa hisoblangan maxsus suv o‘tlarini laboratoriya sharoitida, biotexnologik usullar yordamida ko‘paytirish tajribasi yo‘lga qo‘yiladi.

SamVMI axborot xizmati.