Samarqandda sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida 200 dan ortiq Wi-Fi zonalar tashkil etiladi

2019 yilda Samarqand viloyati sayyohlik salohiyatini oshirish va turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha tuzilgan yo‘l xaritasiga ko‘ra,  Samarqand viloyatidagi sayyohlar tashrif buyuradigan madaniy meros ob’yektlari, ziyoratgohlar, muzeylar, mehmonxonalar,  hunarmandlar uylari, boshqa turizm ob’yektlari hamda aholi gavjum joylar, bozorlar, shohbekat, yo‘l bo‘yi xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, istirohat bog‘larida jami 200 dan ortiq Wi-Fi zonalar tashkil etiladi.

Shuningdek, sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan joylar va sayyohlik mashrutlarida 38 ta sanitariya-gigiyena shaxobchalari barpo etiladi.