Samarqandda tadbirkorlarga bekat berish amaliyoti to‘xtatildi
Saytimizda va gazetamizning joriy yil 6 iyul, 86-sonida «Bekatmi yoki do‘konmi bu?» sarlavhali maqola e’lon qilingandi. Samarqand shahar hokimligi ushbu maqolaga munosabat bildirib, quyidagilarni ma’lum qildi:
Samarqand shahridagi barcha bekatlarni xatlovdan o‘tkazish va ularda mavjud kamchiliklarni bartaf qilish bo‘yicha shahar hokimligining ishchi guruhi tashkil etildi.
Shuningdek, shahar hokimligi tomonidan bundan buyon tadbirkorlarga bekat qurishga ruxsat berish amaliyoti to‘xtatilib, yangidan tashkil etiladigan bekatlarni shahar hokimligi mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan tashkil etish belgilab olindi.
Tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan shahardagi bekatlarni xatlovdan o‘tkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida tahririyatga qo‘shimcha ma’lumot taqdim etib borilishini ma’lum qilamiz.
R.OLIMOV,
Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari.