Samarqandda ma’rifatparvar olim, jurnalist va tarjimon Said Rizo Alizoda tavalludining 135 yilligi keng nishonlanadi

Bu haqda Samarqand viloyati hokimligining chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Unda asosiy tadbirlar 2022 yil fevral oyida o‘tkazilishi tasdiqlandi. Ma’rifatparvar olimning Samarqanddan tashqaridagi muzeylar, arxivlarda mavjud kitob va maqolalari e’lon qilingan gazeta-jurnallaridan nusxalar keltirish, buning uchun maxsus ishchi guruhi tashkil etish va xizmat safari uchun zarur sharoitlarni yaratish belgilandi.

Tadbirlar doirasida Said Rizo Alizodaning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjuman tashkil etiladi. Shuningdek, alloma asarlari jamlanib, ikki jildlik "Tanlangan asarlar tӯplami" chop etiladi.