Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Saidrizo Alizoda 1887 yil 15 fevralda Samarqandda tavallud topgan

Saidrizo Alizoda o‘zbek, tojik, rus tillarida ijod qilgan. «Samarqand» gazetasi, «Oyina» jurnalida Behbudiyning yaqin hamkori bo‘lgan. «Telegraf xabarlari» nomli varaqani o‘zbek tilida o‘z hisobidan chiqaradi. «Sharq», «Hurriyat», «Zarafshon», «Ovozi tojik» gazetalarida ishlagan.

Samarqandda maktab ochib, muallimlik qilgan. «Sarfi arab», «Turkiy alifbo», «Tarix», «Jug‘rofiya», «Riyoziyot», «Xandasa», «Tabiat», «Din vojiblari», «Nizomnoma», «Badan tarbiyasi», «Ilmi fazo» nomli 11 ta darslik tuzgan. 1933-1937 yillarda SamDUda arab va fors tillaridan o‘qituvchilik qilgan.

Saidrizo Alizoda jahon adabiyotidan turli asarlarni o‘zbek, fors, tojik tillariga o‘giradi.

1937 yil dekabrida siyosiy chaquv natijasida hibsga olinadi. 8 yil Samarqand-Toshkent-Tobolsk-Vladimir turmalarida o‘tirib, 1945 yil 24 dekabrda kasallik tufayli vafot etadi.