Samarqandda "Turizm axborot markazi" ochildi
- 27.09.2021 15:02
- 77
- Sayohat
Bugun, 27 sentyabr - Butunjahon turizm kuni munosabati bilan Samarqand shahridagi Shohi Zinda majmuasi hududida "Turizm axborot markazi"ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda keng jamoatchilik vakillari va xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan sayyohlar ishtirok etdi.

Viloyat turizm va sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Narziqulov markazda sayyohlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirdi.
- Yangi turizm ob’yektida nafaqat mahalliy, balki xorijlik sayyohlar uchun ham qulay imkoniyat yaratilgan, - deydi D.Narziqulov. - Asosan markazda sayyohlar tarqatma materiallar, majmua xaritasi va yaxna ichimliklar bilan ta’minlanadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandga 11 oyda 8,5 millondan ziyod sayyoh keldi
- 46 daqiqa avval
- Sayohat
Yerga mehr berganlar – el e’zozida
- 50 daqiqa avval
- Qishloq xo'jaligi