Samarqandda yirik miqdordagi giyohvandlik moddalarini viloyat hududiga olib kirmoqchi bo‘lgan 8 nafar shaxs ushlandi

Giyohvandlik va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanmasini fosh etish maqsadida Samarqand viloyati IIB terrorizm va ektremizga qarshi kurashish boshqarmasi hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tezkor xodimlari hamkorligida bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida psixotrop dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi 8 nafar shaxslar qo‘lga olinib, ulardan umumiy narxi 25 million so‘mlik, 11 ming 614 dona dona “Tramadol” tabletkalari xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.