Samarqanddagi 12 ta oromgoh kasaba uyushmalariga o‘tadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 noyabrdagi “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida Bolalar sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko‘maklashish jamg‘armasi hamda Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tashkil etildi.
2023 yil 1 yanvardan boshlab viloyat, shuningdek, tumanlar (shaharlar) mahalliy byudjetlari daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismining 10 foizi har chorakda Bolalar sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko‘maklashish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
Samarqand viloyatidagi quyidagi oromgohlar joriy yil yakuniga qadar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi balansiga o‘tkaziladi.
|
|||||||||||
1. |
«Alpomish» bolalar oromgohi |
Samarqand tumani, Ohalik qishlog‘i |
2,60 |
1 360,00 |
Samarqand shahri xalq ta’limi bo‘limi |
||||||
2. |
«Ibn Sino» bolalar oromgohi |
Kattaqo‘rg‘on tumani, Kalliqo‘rg‘on qishlog‘i |
2,50 |
1 400,00 |
Kattaqo‘rg‘on shahri xalq ta’limi bo‘limi |
||||||
3. |
«Quvnoq» bolalar oromgohi |
Ishtixon tumani, Sheyxlar qishlog‘i |
2,03 |
911,95 |
Ishtixon tumani xalq ta’limi bo‘limi |
||||||
4. |
«Tangitepa gulshani» bolalar oromgohi |
Ishtixon tumani, «Damariq» MFY |
7,50 |
1 536,00 |
Ishtixon tumani tibbiyot birlashmasi |
||||||
5. |
«Qo‘shchinor» bolalar oromgohi |
Nurobod tumani, Sazag‘on qishlog‘i |
4,20 |
1 183,00 |
Nurobod tumani xalq ta’limi bo‘limi |
||||||
6. |
«Oqdaryo» bolalar oromgohi |
Samarqand tumani, Safedi mahallasi |
3,20 |
1 680,00 |
Samarqand tumani xalq ta’limi bo‘limi |
||||||
7. |
«Kamalak» bolalar oromgohi |
Samarqand tumani, Ohalik qishlog‘i |
2,85 |
3 015,19 |
Payariq tumani xalq ta’limi bo‘limi |
||||||
8. |
«Yangi O‘zbekiston» bolalar oromgohi |
Samarqand tumani, Mironqul qishlog‘i |
5,00 |
8 500,00 |
Past Darg‘om tumani hokimligi |
||||||
9. |
«Go‘zalkent» bolalar oromgohi |
Urgut tumani, Omonqo‘ton qishlog‘i |
0,50 |
1 520,00 |
Past Darg‘om tumani xalq ta’limi bo‘limi |
||||||
10. |
«Uchqun» bolalar oromgohi |
Samarqand tumani, «Mironqul» MFY |
3,20 |
1 680,00 |
Samarqand tumani xalq ta’limi bo‘limi |
||||||
11. |
«Amir Temur» bolalar oromgohi |
Toyloq tumani, Adas qishlog‘i |
2,30 |
1 044,00 |
Toyloq tumani xalq ta’limi bo‘limi |
||||||
12. |
«Narpay bolajon» bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi |
Narpay tumani, «Tinchlik» MFY |
0,80 |
312,60 |
Narpay tumani xalq ta’limi bo‘limi |
||||||
|
Bo‘sh turgan sog‘lomlashtirish oromgohi bino va inshootlari |
Samarqand shahri, «Sulfakabutak» MFY |
4,29 |
4 448,00 |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |