Samarqanddagi 4 ta oliy ta’lim muassasasi o‘qitish uchun shartnoma pulini o‘zi belgilaydigan bo‘ldi

“Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan 35 ta davlat oliy ta’lim muassasalari tasdiqlandi.

Moliyaviy mustaqil davlat OTMlari 2022 yil 1 yanvardan quyidagilar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qiladi:

➖ kontrakt qiymatini, to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
➖ mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
➖ o‘z hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
➖ o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish;
➖ bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash;
➖ avtotransport vositalarining yo‘l bosish yillik limiti va ularga xizmat ko‘rsatish talablarini belgilash.

Shuningdek qarorga ko‘ra, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari uchun davlat OTM xarajatlarini onlayn monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.

Ro‘yxatdan o‘rin olgan Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalari quyidagilar:

Samarqand davlat universiteti
Samarqand davlat tibbiyot instituti
Samarqand davlat chet tillar instituti
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti