Samarqanddagi 61 kilometrdan ziyod ko‘cha sement-beton bilan qoplanadi

Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024 yil 2 fevraldagi “Samarqand viloyatida 2023-2024 yillarda sement-beton yo‘llarni qurish ishlarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

Unga ko‘ra, xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari hisobidan viloyat bo‘yicha 9 ta tumandagi 61,5 kilometr avtomobil yo‘liga sement-beton qoplamasi yotqizish rejalashtirilgan. Masalan, Ishtixon tumanidagi "Sheyxlar - Yangiqo‘rg‘on- O‘rta qishloq" avtomobil yo‘lining 6 kilometr, Qo‘shrabot tumanidagi "Jo‘sh - Minishkor" avtomobil yo‘lining 5,5 kilometr, Paxtachi tumanidagi "Ketmonchi - Chorvador" qishloqlaridagi avtomobil yo‘lining 7 kilometr qismiga sement-beton qoplamalari yotqiziladi.