Samarqanddagi ayrim dorixonalarning noqonuniy faoliyatiga doir masalalar o‘rganilmoqda
- 25.02.2020 13:31
- 163
- Salomatlik
Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqanddagi noqonuniy dorixonalarning faoliyatiga qachon chek qo‘yiladi?” sarlavhali maqolada jurnalistlar tomonidan bir qator dorixonalarning faoliyati o‘rganilganligi, o‘rganish jarayonida noqonuniy faoliyat yuritayotganlari ham uchraganligi bayon etilgan.
Shuningdek, maqolada jurnalistlar noqonuniy dorixona to‘g‘risida aniq axborot olish maqsadida hudud soliq inspektori Javlon Boburovga murojaat qilganligi, dorixona haqiqatdan ham litsenziyasiz faoliyat yuritayotganligini tasdiqlagan inspektorning masalani shu yerning o‘zida «bosti-bosti» qilishga «shama» qilganligi haqida yozilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilmoqda. O‘rganish yuzasidan batafsil ma’lumot ommaviy axboro vositalarida e’lon qilinadi.
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.