Samarqanddagi barcha suv inshootlariga ma’lumot uzatuvchi zamonaviy uskunalar o‘rnatiladi
- 11.08.2023 17:53
- 185
- Samarqand

"Samarqand suv ta’minoti" MChJ balansida bo‘lgan barcha suv inshootlariga zamonaviy turdagi suv sarfi bo‘yicha ma’lumot uzatuvchi hisoblagichlar o‘rnatish rejalashtirilgan.
O‘rnatish ishlari yuzasidan “O‘zsuvta’minot” AJ va “Consulting Businnes Management’’ MChJ o‘rtasida shartnoma imzolangan. Loyiha Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida amalga oshiriladi. Bu haqda "Samarqand suv ta’minoti" MChJ boshlig‘i o‘rinbosari Akram Siddiqov matbuot anjumanida jurnalistlarga ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda "Samarqand suv ta’minoti" MChJ balansida 1399 dona ishchi xolatdagi suv inshootlari mavjud bo‘lib, ulardan 232 tasiga ma’lumot uzatuvchi o‘rnatilgan (16.6 foiz), va 195 ta suv xisoblagich Wireless Water Meter Management System billing bazasiga ulangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Vatan, gulxan bo‘lay o‘choqlaringda!
- Kecha, 17:41
- Madaniyat
Germaniya – yoshlar uchun imkoniyatlar mamlakati
- Kecha, 14:08
- Tijorat
Navoiyshunos olimlar anjumani
- Kecha, 14:06
- Samarqand
“Men endi osuda yashay olmayman”
- Kecha, 12:34
- Mutolaa