Suv inshootlarida keyingi mavsumga tayyorgarlik boshlandi

Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi 9 ta suv omborida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Birgina, “To‘sinsoy” suv ombori 42,2 million metr/kub suv sig‘imiga ega.

Bu yerdagi xodimlarning birdamligi va shijoati yordamida hashar tashkil qilindi. Suv omborining atroflari tozalanib, ma’muriy binosi to‘liq ta’mirdan chiqarildi, hududdagi inshootlar ranglanib, keyingi mavsumga tayyorgarlik boshlandi.

Shuningdek, boshqarma va uning tasarrufidagi bo‘limlar tomonidan barcha suv inshootlarida ta’mirlash, bino atroflarini obodonlashtirish va bo‘yash ishlari, kanal, zovurlar, ariqlarda ham tozalash ishlari olib borilmoqda. Joylarda suv omborlarini ta’mirlash, bo‘sh turgan yer maydonlaridan unumli foydalanish borasida ham amaliy ishlarga qo‘l urildi.

Jumladan, “Mo‘minobod” bosimli suv to‘g‘onida ta’mirlash va obodonlashtirishga qaratilgan ishlar yakuniga yetmoqda va keyingi mavsum uchun tayyorgarliklar olib borilmoqda.

Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi matbuot xizmati.