Samarqanddagi o‘g‘irlikka vodiylik qarindosh ayollarning qo‘li borligi aniqlandi
- 10.04.2019 15:02
- 262
- Jinoyat va jazo
2019 yil 5 aprel kuni noma’lum shaxs Samarqand tumani Dashtiso‘xta mahallasida yashovchi S.I. ismli ayolning uyiga darvoza orqali kirib, xonasidan umumiy qiymati 2 800 000 so‘mlik zanjirini o‘g‘irlab ketgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Andijon shahar Haqiqat ko‘chasida yashovchi O.A. ismli ayol, uning singlisi S.A., ularning Haqiqat ko‘chasida yashovchi qarindoshlari U.Y. va Namangan shahar Guliston ko‘chasida yashovchi O‘.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.