Samarqanddagi oliygoh Amerikaning logistika kompaniyasi bilan hamkorlikka kelishdi

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT) Amerikadagi logistika kompaniyasi - Sultan Trans Inc. bilan ta’lim va tadqiqotlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladi.

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti va Sultan Trans Inc. o‘rtasidagi memorandumda talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va ularga xalqaro logistika sohasida tajriba orttirish imkoniyatini berish ko‘zda tutilgan.

Universitet vakillari bunday hamkorlik talabalarda xalqaro professor-o‘qituvchilardan nazariy bilim olish, yirik xorijiy transport kompaniyasida amaliyot o‘tash uchun imkoniyatga ega bo‘lishini ta’kidlamoqda.