Samarqanddagi OTMlarga qancha ota-onasiz bolalar o‘qishga qabul qilinadi?
“Mehribonlik uyi" va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS - bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (yigirma besh yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari ta’lim shakllari kesimida taqsimoti tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalariga yetim bolalar uchun quyidagi miqdorda o‘rin ajratildi:
Samarqand davlat universitetiga – 23 o‘rin (17 kunduzgi, 3 sirtqi, 3 kechki);
Shuningdek, universitetning Kattaqo‘rg‘on filialiga – 5 o‘rin (4 kunduzgi, 1 sirtqi);
Urgut filialiga – 4 o‘rin (kunduzgi);
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga – 21 o‘rin (15 kunduzgi, 6 kechki);
Samarqand davlat chet tillar institutiga – 29 o‘rin (20 kunduzgi, 9 kechki);
Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga – 22 o‘rin (10 kunduzgi, 6 sirtqi, 6 kechki);
Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga – 19 o‘rin (14 kunduzgi, 5 sirtqi);
Samarqand davlat tibbiyot universitetiga – 11 o‘rin (kunduzgi);
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga – 20 o‘rin (17 kunduzgi, 3 sirtqi);
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga – 5 o‘rin (4 kunduzgi, 1 sirtqi);
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga – 8 o‘rin (5 kunduzgi, 2 sirtqi, 1 masofaviy);
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialiga – 6 o‘rin (4 kunduzgi, 2 sirtqi);
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialiga – 7 o‘rin (6 kunduzgi, 1 sirtqi).