Samarqanddagi tarixiy majmualarda nogironlar uchun sharoit yaratilganmi?
Kecha Samarqand shahrida ko‘ngillilar va tegishli hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ishlar boshlab yuborildi. Registon majmuasi va Amir Temur maqbaralarida imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
Mazkur ob’yektlarda imkoniyati cheklangan fuqarolarga maxsus sharoitlar bo‘lmagan holatlar bo‘yicha mas’ul idora va tashkilotlarga axborot tayyorlanib, panduslar qurish va boshqa qulayliklarni yaratish yuzasidan takliflar bildirildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7-14 sentyabr kunlari Markaziy Osiyo XI xalqaro “Taraqqiyot tarixi” konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Konferensiya doirasida, 14 sentyabr kuni “Samarqand tarixiy obidalariga yo‘l” nomli ko‘ngillilar aksiyasi va shu mavzuda davra suhbati tashkil etiladi. Aksiyaning asosiy mavzui homiylar va mas’ul idoralar bilan hamkorlikda tarixiy ob’yektlarda imkoniyati cheklangan va nogironligi mavjud insonlar uchun zarur infratuzilmalarni yaratishga qaratilgan.