Samarqanddagi xalq qabulxonalariga murojaatlar yilning ikkinchi choragida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamaygan
Joriy yilning 2-choragida viloyatdagi Xalq qabulxonalariga jismoniy va yuridik shaxslardan 11000 ta (2018 yil 2 choragida 13444 ta), shu jumladan viloyat Xalq qabulxonasiga 2446 ta murojaat kelib tushgan.
Shu jumladan, Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasiga 921 ta, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasiga 802 ta, Oqdaryo tumanidagi Xalq qabulxonasiga 774 ta, Narpay tumanidagi xalq qabulxonasiga 593 ta, Kattaqo‘rg‘on shahridagi xalq qabulxonasiga 572 ta, Ishtixon tumanidagi Xalq qabulxonasiga 570 ta, Samarqand tumanidagi Xalq qabulxonasiga 557 ta, Qo‘shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasiga 550 ta, Pastdarg‘om tumanidagi Xalq qabulxonasiga esa 549 ta murojaat bo‘lgan.
Bundan tashqari, Jomboy tumanidagi xalq qabulxonasida 413 ta, Nurobod tumanidagi Xalq qabulxonasida 413 ta, Payariq tumanidagi Xalq qabulxonasida 412 ta, Toyloq tumanidagi Xalq qabulxonasida 383 ta, Urgut tumanidagi Xalq qabulxonasida 371 ta, Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasida 361 ta, Bulung‘ur tumanidagi xalq qabulxonasida 313 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ro‘yxatga olingan.
Murojaatlarning (jami 11000 ta) 5179 tasi (47,5 foizi) qanoatlantirilgan, 4822 tasi (39 foizi) bo‘yicha tushuntirish berilgan, 119 tasi rad etilgan va 849 ta murojaatlar tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Murojaatlarni ko‘rib chiqishda davlat boshqaruvi organlari va tegishli tashkilotlar tomonidan qator qonunbuzilish holatlariga, xususan, murojaatlarni hal qilishda yuzaki ko‘rib chiqish kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.
2019 yilning 2-choragida viloyatdagi Xalq qabulxonalari tomonidan murojaatlar bilan ishlash jarayonida yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilish holatlari yuzasidan chiqarilgan takliflar natijasida 33 nafar rahbar va mas’ul xodimlar intizomiy jazoga, 8 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan hamda 2 nafarining mehnat shartnomalari bekor qilingan.
ESLATMA: «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonuning 8-moddasiga ko‘ra, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, agar ularning shunday xususiyatga ega bo‘lgan ilgarigi murojaati bo‘yicha qaror qabul qilingan bo‘lsa va bu haqda ularga ushbu Qonunda belgilangan tartibda xabar qilingan bo‘lsa, rad etilishi mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgan qonunning 23-modda, ya’ni murojaatni ko‘rib chiqqan davlat organining majburiyatlariga ko‘ra, murojaatlarga javoblar, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon qilinadi, murojaatda ko‘rsatilgan har bir masala bo‘yicha vajlarni rad etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslarni (zaruratga qarab qonun hujjatlari normalariga havola qilingan holda) o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.