Samarqandga rossiyalik o‘qituvchilar kelishi kutilmoqda
- 26.01.2021 17:34
- 161
- Ta’lim

2020 yil 11 oktyabrda Xalq ta’limi vazirligi Rossiya Federatsiyasi Maorif vazirligi hamkorligida O‘zbekistonda rus tili va umumta’lim fanlarini rus tilida o‘qitishning sifatini oshirishga qaratilgan “Zo‘r!” (“Klass”) loyihasi imzolangan edi.
Ushbu loyiha doirasida Samarqand viloyati xalq ta’limi tizimidagi maktablarga Rossiya davlatidan 7 nafar o‘qituvchi va 2 nafar metodist kelishi kutilyapti. Ular viloyatdagi rus tili darslari sifatini yanada oshirish va pedagog xodimlarning kasbiy bilimlarini yil davomida rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
Rossiyalik o‘qituvchilar Samarqand, Jomboy, Toyloq, Past Darg‘om, Urgut, Oqdaryo, Ishtixon tumanlaridagi maktablarda o‘quvchilarga rus tilidan dars beradi. Shuningdek, haftada bir kun tumandagi rus tili o‘qituvchilariga uslubiy yordam ko‘rsatadi.
Jasur Eshquvvatov.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bryusseldan Samarqandgacha
- Kecha, 19:05
- Siyosat
Ogoh bo‘ling, suv tugab bormoqda!
- 05/04, 19:05
- Jamiyat
Kitobdan bezdirayotgan bozor adabiyoti
- 05/04, 15:37
- Mutolaa