Samarqandlik 8 nafar faol xotin-qizlar davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Prezidentimizning «8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoniga asosan davlat va jamiyat hayotida o‘zining samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.
Mukofotlanganlar orasida Samarqand viloyatidan quyidagilar bor:
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
UMURZOQOVA Mehriniso - Bulung‘ur tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor
***
«Do‘stlik» ordeni bilan
ALIMOVA Gavhar Zayirovna - Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi
***
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
GLADKOVA Tatyana Sergeyevna - Samarqand olimpiya zaxiralari kollejining yengil atletika bo‘yicha bosh murabbiysi
***
«Sog‘lom turmush» medali bilan
SAFAROVA Gulmira Karimovna - Ishtixon tumanidagi «Moxpar» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi
***
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
SUYuNOVA Umida Xo‘rozovna - Samarqand shahridagi 59-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
***
«Shuhrat» medali bilan
MIRZAYeVA Gulshan Baxtiyorovna - «Tadbirkor ayol» uyushmasining Nurobod tumani bo‘limi raisi
HAKIMOVA Sabina Muratovna - Toyloq tumanidagi «Tohirbek sifat savdo» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari
XOLOVA Maqsuda Asatovna - Kattaqo‘rg‘on tumanidagi «Temur musaffo qurilish» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh muhandisi