Samarqandlik cho‘pon, tadbirkor, nuroniy, mahalla faoli va turizm sohasi xodimlariga davlat mukofoti berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bugun, 2023 yil 27 avgustda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” farmon qabul qildi.

Farmonga ko‘ra, mamlakatimizning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash ishlaridagi ibratli faoliyati uchun bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi. Ular orasida viloyatimizdan quyidagilar bor:

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador» faxriy unvoni bilan

Rizayev Erali Abdukarimovich - Nurobod tumanidagi «Sahobaota qorako‘l nasl» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» faxriy unvoni bilan

Sharipov Shavkat O‘ktamovich - Samarqand shahridagi «Zarafshon Textile» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi

 

«Do‘stlik» ordeni bilan

Abdushukur Muhammadqulov  -   Samarqand shahri nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli

Nosirov Rofe Zayniyevich - Urgut tumanidagi «Shodlik» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

Soy Timur Vilenovich - Samarqand turizm markazi qurilish direksiyasi direktorining texnik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari

 

«Shuhrat» medali bilan
(100 yoshdan oshganlar)

Shamsiyeva Marziya -   Toyloq tumani

«Shuhrat» medali bilan

Abdullayev Ismatillo Tilloyevich  - Samarqand yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasining avtoko‘targich haydovchisi

Shomurodova Mastura Qarshiboyevna  -   Paxtachi tumanidagi «Gulobod» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

Yakubov Alisher Sa’dullayevich -   Samarqand turizm markazining qurilish direksiyasi direktori