Samarqandlik dzyudochi Sardor Nurillayev gran-pri turnirida kumush medalni qo‘lga kiritdi
- 19.08.2023 18:38
- 36
- Sport
Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida dzyudo bo‘yicha gran-pri turnirida dunyoning 89 mamlakatidan 560 nafardan ziyod sportchi bellashmoqda.
Musobaqada -66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan samarqandlik sportchi Sardor Nurillayev turnir davomida Gruziya, Estoniya, shuningdek Ispaniyadan ikki raqibni mag‘lubiyatga uchratib, finalga yetib keldi.
U hal qiluvchi bahsda braziliyalik Villian Limaga qarshi tatamiga chiqdi. Bahs g‘olibi Golden Score’da aniqlandi. Afsuski, Nurillayev finalda uchta shido evaziga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan musobaqani yakunladi.
Ushbu natija orqali Sardor jahon va Parij-2024 reytingi uchun 490 ochkoga ega bo‘ldi.
Teglar:
dzyudo
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa