Samarqandlik faxriylar harbiy xizmatchilar e’tiborida
Mudofaa vazirligi tizimida yurtimiz bo‘ylab karantin qoidalariga rioya qilgan holda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olish, yosh askarlarning ular bilan suhbatini tashkil etib, harbiylar qalbida vatanparvarlik hislarini jo etishga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tizimli yo‘lga qo‘yildi.
Xususan, Samarqand shahar Marhabo mahallasida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Bektemir Qarshiboyevning xonadoni harbiy xizmatchilarning navbatdagi manzili bo‘ldi. Otaxonning uyida mehmon bo‘lgan Markaziy harbiy okrugi Samarqand garnizonidagi harbiy qism rahbariyati 97 yoshli Bektemir boboning salomatligini ko‘rikdan o‘tkazib, uyida dezinfeksiya ishlarini ham olib bordi, sovg‘a-salomlar taqdim qildi.
Suhbat jarayonida Bektemir bobo urush yillarida boshidan kechirgan mashaqqatlar, azob-uqubatlarini gapirib, harbiylarni bugungi dorilamon kunlar qadriga yetishga, tinchlik va osoyishtalik hukm surayotgan Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishga chorladi.
Markaziy harbiy okrug axborot xizmati.