SamDChTIda ta’lim kvotalari: yangi ochilgan jurnalistika ta’lim yo‘nalishiga 25 ta o‘rin ajratildi

2020-2021 o‘quv yili uchun abituriyentlarning qabul kvotalari ma’lum bo‘ldi. Samarqand davlat chet tillar instituti axborot xizmatining xabar berishicha, institutga jami 1225 ta o‘rin ajratilgan. Shundan 167 ta grant, 1058 ta kontrakt asosida o‘qiydi.

- Yangi ochilayotgan xalqaro jurnalistika yo‘nalishiga 25 nafar talaba qabul qilinadi, - dedi institut rektori Ilhomjon To‘xtasinov. - Shundan 5 nafari grant, 20 nafari kontrakt asosida o‘qiydi.

Shuningdek, kechki ta’lim shakliga xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishiga 200 ta o‘rin, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til yo‘nalishiga (ingliz tili) 50 ta o‘ringa qabul bo‘ladi. Hammasi kontrakt, kechki ta’limda grant yo‘q.

Bundan tashqari, magistratura ta’lim bosqichiga 130 ta o‘rin ajratilgan. Shundan 27 ta grant, 130 ta kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.