SamDChTIda xitoy tilini onlayn o‘rgatish kursi tashkil etildi
Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat ko‘rsatayotgan Xitoy Xalq Respublikasining 14 nafar xitoy tili mutaxassislari ishtirokida “Xitoy tilini boshlang‘ich darajada o‘rganuvchilar uchun” onlayn kurs tashkil etildi.
Mazkur kurs jami bo‘lib 10 darsdan iborat va ushbu darslar xitoylik mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Ahamiyatlisi, kurs faoliyati ikki tilda tashkil etilgan, xitoy tili hamda ingliz tilida. Bu kursdan nafaqat institut talabalari, balki maktab o‘quvchilari, umuman, barcha foydalanishi mumkin.
Xitoy tilini boshlang‘ich darajada o‘rganuvchilar uchun tashkil etilgan onlayn kursda:
- “第一课 打招呼 , Greetings, Salomlashish”;
- “第二课 问姓名, Asking for names, Ismlarni so‘rash”;
- “第三课 问国籍, Asking about the nationality, Millati haqida so‘rash”;
- “第四课 问住址 , Asking about the address, Manzili haqida so‘rash”;
- “第五课 问家庭 , Asking about the family, Oila haqida so‘rash”
kabi mavzular aks etgan.
Ahamiyatli jihati, kurslar faqatgina xitoy tilida emas, ingliz, fransuz, nemis, yapon va barcha xorijiy til mutaxassisliklari bo‘yicha tashkil etildi.
Darslar muntazam ravishda institutning rasmiy veb-sayti, masofaviy ta’lim platformasi hamda ijtimoiy tarmoqlarida muntazam joylashtirilib boriladi.
Asilbek ABDURAIMOV,
SamDChTI matbuot kotibi.