SamDTI qoshidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy kengashi o‘z faoliyatini boshlaydi
- 12.01.2020 11:36
- 893
- Ta’lim
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasining 2019 yil 30 dekabrdagi 273/2-sonli qaroriga asosan Samarqand davlat tibbiyot institutida tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini berish uchun ilmiy kengash tashkil etildi.
Ilmiy kengashda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha dissertatsiyalar himoya qilinadi:
- ichki kasalliklar;
- pediatriya;
- bolalar jarrohligi.
Institut ilmiy kengashi, shuningdek, quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha bir martalik ilmiy kengashni tashkil qilish huquqiga ega:
- ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tibbiyot fanlari bo‘yicha).
Ushbu qarorga asosan institutning yetakchi olimlari bo‘lgan ilmiy kengashning 19 nafar a’zosi tasdiqlandi. Kengash raisi etib SamDTI rektori, professor A.Shamsiyev tayinlandi.
SamDTI axborot xizmati.