SamDTUda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Samarqand davlat tibbiyot universiteti «Fundamental, amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari» talabalar va yosh olimlarni an’anaviy 77-Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida Turkiya, Malayziya, Hindiston, Rossiya Federatsiyasi, Gruziya, Qozog‘iston, Ukraina, Belarus, Pokiston, Tojikiston, Qirg‘iziston hamda O‘zbekistonning 52 dan ortiq tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tekshirish institutlari talabalari va yosh tadqiqotchilariga mezbonlik qildi.
- Talabalar va yosh izlanuvchilar faoliyatga ko‘maklashish va ularning salohiyatidan samarali foydalanish hozirgi kun tartibimizdagi eng dolzarb masalalaridan biri, - dedi universitet rektori Jasur Rizayev. - Anjumanni yana bir muhim vazifasi, bu xalqaro hamkorlik orqali talabalarimizni kasbiy aloqalarini kengaytirish hamda xorijlik mutaxassislar bilan tajriba almashishdir.
Xalqaro konferensiya davomida qilingan 551 dan ortiq chiqishlarda jamoat salomatligi, tibbiyotda gumanitar fanlar, fundamental tibbiyot va morfologiya, ichki kasalliklar, kardiologiya, nevrologiya, psixiatriya, sport tibbiyoti va reabilitatsiya, pediatriya, oftalmologiya kabi yigirmadan ziyod yo‘nalishlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Quvornarlisi, tibbiyot kollejlari va akademik litsey talaba-yoshlari va o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilar ishliy ishlanmalari va Start-up loyihalar tanlovi alohida shu’balarda o‘tkazildi. Konferensiya ishtirokchilarini mingdan ziyod ilmiy ishlari alohida to‘plam sifatida chop qilindi.
- Samarqandda o‘tkazilayotgan xalqaro anjuman yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi, - dedi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti talabasi Manija Nizomiddinova. – Konferensiyada haqiqiy birdamlik, do‘stlik va samimiyat ruhi hukmronlik qildi. Har bir ishtirokchiga bilimi va mahoratini ko‘rsatish uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo qilindi. Ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun konferensiyani barcha tashkilotchilariga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.
O‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya talabalar, yosh olimlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish va ularning salohiyatidan foydalanish, fundamental va klinik fanlar o‘qitish sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
SamDTU axborot xizmati.