SamISI talabasi xalqaro olimpiadada uchinchi o‘rinni egalladi
- 17.02.2020 15:15
- 408
- Ta’lim

Rossiya Federatsiyasining Fan va oliy ta’lim vazirligi tashabbusi bilan Qozon federal universitetida marketing fanidan xalqaro talabalar olimpiadasi o‘tkazildi.
Onlayn tarzda tashkil etilgan ushbu xalqaro olimpiadada Rossiyaning 56 ta, xorijiy mamlakatlarning 12 ta oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etishdi.
Jumladan, ushbu ilmiy bahslarda Samarqand iqtisodiyot va servis institutining marketing yo‘nalishi talabasi Hasan Begmatov ham qatnashdi.
Olimpiada natijalariga ko‘ra, H.Begmatov esse yozish, ochiq savollar, keysni yechish shartlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga erishib, ilmiy bellashuvlarning bronza medali sohibiga aylandi.
Teglar:
SamISI
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Dunyodagi eng qimmat gullar
- 48 daqiqa avval
- O'qing, qiziq!
Samarqand shahridagi sport maktablarida qanday muammolar bor?
- 60 daqiqa avval
- Sport
NKVD ta’qibi ostida...
- 1 soat avval
- Mutolaa