"Sardoba" ofati oqibatida qishloq xo‘jaligiga qanday zarar yetdi va qanday tezkor choralar ko‘rildi?

AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot kotibi Nigora Xodjayeva bu to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi:
➖ Talafotni bartaraf etish bo‘yicha 3 ta ishchi guruh tuzildi. Zarar ko‘rgan maydonlarni tiklash uchun 421 ta texnika, 200 ta ko‘chma nasos, 940 nafar ishchi kuchi jalb etildi;
➖ «Markaziy tarmoq»da 3,8 kilometr — 3 ta tumanda 9,5 kilometr xo‘jaliklararo kanallar to‘liq tiklandi;

➖ 3 260 gektar chigit, 9 027 gektar dukkakli, 1 570 gektar sabzavot-poliz ekinlari qayta ekildi;
➖ 1 656 ga. maydonning meliorativ holati yaxshilandi;
➖ barcha tumanlarda qo‘shimcha 4 253 gektar maydonga chigit ekildi;
➖ talafot ko‘rgan g‘o‘za maydonlarining 2 054 gektar (21 %), g‘alla maydonlarining 2 026 gektarida buzilmasdan agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda;
➖ viloyatga 864 tonna o‘g‘it va 3,2 ming tonna fosforli o‘g‘it yetkazib berildi.