Sartepa masakaniga suv yetkazuvchi quvurlar eskirgan, ularni yangilash, ta’minotni yaxshilash ishlari bosqichma-bosqich bajarilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Sartepa maskanida joylashgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholining ichimlik suvi ta’minoti borasidagi muammolar yuzasidan maqola elon qilingan edi.
Aytish kerakki, bu borada bugun amaliy ishlar, mazkur hududda istiqomat qiluvchi aholiga uzluksiz suv berish bo‘yicha harakatlar allaqachon boshlangan. Sartepa masakaniga suv “Cho‘pon ota” suv inshooti tomonidan va “Muliyon” suv taqsimlash tuguni (nasos stansiyasi) orqali uzatiladi. Bu masofadagi suv quvurlari eskirib, bosimga bardosh berolmaydi.
Yana shuni ham aytish kerakki, bu inshoot orqali suv yetkaziladigan hududlarda bugunga kelib iste’molchilarning soni keskin oshgan. Natijada, suv quvurlari o‘z-o‘zidan iste’molchilarning talabiga javob bermaydigan darajaga yetgan.
Samarqand shahrida yashovchi barcha aholining ichimlik suvi ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14-15 aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan majlis bayonining 16-bandiga asosan Samarqand shahar axolisining o‘sishini hisobga olgan xolda va ko‘p qavatli uylarni uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar 2017/2021 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu ishlarni amalga oshirish uchun qiymati 219 613,0 million so‘mlik loyiha taklifi berilgan. Bugun Samarqand shahri aholisini uzluksiz suv bilan taminlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Chunonchi, “Charxin” suv inshootida qo‘shimcha 4 ta suv qudug‘ida burg‘ulash ishlari bajaralib, zamonaviy yangi nasoslar bilan jihozlandi. Kimyogarlar qo‘rg‘oni 28-daha suv inshooti ham rekonstutsiya qilinib, bugun Kimyogarlar ko‘rg‘oni uzluksiz suv bilan taminlanmoqda. Sug‘diyona maskani ichki ko‘chalaridan o‘tgan suv quvurlari hamda nasos stansiyalar to‘liq joriy ta’mirdan chiqarilib, bu hudud hamda shaharning ma’lum bir qismi ham uzluksiz suv taminotiga ega bo‘ldi.
Keyingi bosqichda Sartepa maskani ichki ko‘chalaridan o‘tgan, aylanasi 100 millimetrdan 500 millametrgacha bo‘lgan, uzunligi 5,6 kilometr masofadagi eskirgan suv quvurlarini almashtirish bilan bog‘liq qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish rejalashtirilmoq. Belgilangan muddatda bu ishlar qilinsa, “Cho‘pon-ota” suv inshooti hududlaridagi ta’minot ham yaxshilanadi.
"Samarqand suv ta’minoti" MChJ matbuot xizmati.