Sartepa maskanidagi xonadonda sodir bo‘lgan portlash bo‘yicha viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi bayonot berdi

9 iyun kuni Samarqand shahridagi Sartepa maskani 12-uy, 92 xonadonda yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan Sh.Q yashash uyining 15 kvadrat metr maydonida, xonaning shift qismi va uy jihozlari qisman yongan. Yong‘indan 40 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in sodir bo‘lgan maskanga soat 01.00 da yetib borilib, soat 01.10 yong‘in to‘liq bartaraf etildi.

Taxminga ko‘ra, yong‘in gaz hisoblagichidan oldin diametri 15 mm. temir quvur orqali noqonuniy o‘tkazilgan gaz nuqtadan tabiiy gaz sizib chiqib, xonada to‘plangani oqibatida hamda xonadagi muzlatkichdan o‘t chaqnashi sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan moddiy zarar aniqlanmoqda. Voqea joyiga Samarqand viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, yong‘in xavfsizligi boshqarmasi mutasaddilari, xodimlari guruhi, qutqaruv otryadi, 2 ta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb qilingan.

Ushbu xonadon a’zolari bilan oxirgi marta joriy yilning 10 yanvar sanasida shahar FVB YoXB xodimi K.Xamrayev tomonidan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berilgan.

Yong‘in oqibatida o‘lim yoki tan jarohati olish bilan bog‘liq hodisa yuz bermagan.