Sayyor qabul – fuqarolar muammolarini hal etishning maqbul yo‘li
- 30.03.2019 21:29
- 238
- Samarqand
Qo‘shrabot tumani Qo‘ralos mahallasida joylashgan “Bolalar va o‘smirlar sport maktabi” binosida viloyat hokimi va sektor rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda viloyat hamda tuman hokimligi, Xalq qabulxonasi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, sektorlar va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Qabul chog‘ida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, adolatni qaror toptirishga alohida e’tibor qaratildi. Elektr energiyasi ta’minoti, uy-joy, ta’lim va tibbiyot sohasidagi muammolar, tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan fuqarolarning 232 ta murojaati birma-bir muhokama qilindi. Aksariyat murojaatlar shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etiladigan masalalarga mas’ullar biriktirilib, viloyat hokimligi tomonidan ijrosi nazoratga olindi.
Viloyat hokimligi axborot xizmati.