Senat o‘z ishini boshladi, unda qanday masalalar ko‘rilayapti?

Bugun, 21 iyun kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisi ochildi.

Kun tartibida — bir qator tashkiliy masalalar. Shuningdek, yalpi majlisda qonunlar ko‘rib chiqiladi, shu jumladan:

  • Yangi tahrirdagi “Turizm to‘g‘risida”gi;
  • “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi;
  • “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi;
  • “Qurol to‘g‘risida”gi;
  • “Xalqaro mehnat tashkilotining 1930 yildagi Majburiy mehnat to‘g‘risidagi 29-sonli Konvensiyasiga Bayonnomani (Jeneva, 2014 yil 11 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari.

Senatorlar tomonidan Navoiy viloyatining Navoiy shahri va Karmana tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi, Sirdaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti ham eshitiladi, parlament so‘rovlari natijalarini ko‘rib chiqadilar.