Senatga yangi rais saylandi

Bugun, 21 iyun kuni Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida Senatning yangi Raisi saylandi. Bu haqda “Xalq so‘zi“ nashri xabar bermoqda.

Shu kungacha Senatga raislik qilib kelgan Nig‘matilla Yo‘ldoshevning O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga tayinlanishi munosabati bilan uning Senatdagi vakolati tugatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Prezident Shavkat Mirziyoyevning taqdimnomasiga asosan Senat Raisi lavozimiga Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida ishlab kelgan Tanzila Kamalovna Norboyevaning nomzodi ilgari surildi. Ko‘pchilik ovoz bilan Tanzila Norboyeva Senatning yangi Raisi etib saylandi.

Ma’lumot uchun, Tanzila Norboyeva 2016 yilning dekabridan boshlab Xotin-qizlar qo‘mitasiga rahbarlik qilib kelayotgandi. 2018 yilning 22 dekabr kuni u mazkur lavozimga yana besh yil muddatga qayta saylangandi.