Senator to‘qimachilik sanoatidagi tadbirkorlarga qiyinchilik tug‘dirgan Vazirlar Mahkamasining qarorini o‘rganish masalasini ko‘tardi

Yalpi majlis davomida senatorlar to‘qimachilik sanoatida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar faoliyatida qiyinchiliklar tug‘dirgan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi lozim bo‘lgan muvofiqlikni baholash ob’yektlari ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi masalasini ko‘tardilar.

Qarorda keltirilgan ro‘yxatlar va vazifalar ijrosi bo‘yicha mexanizm lozim darajada tayyorlanmaganligi va ishlab chiqilmaganligi tufayli import va eksport jarayoni, umuman olganda, tadbirkorlar va eksportchilar faoliyati murakkablashmoqda. Qo‘shimcha korrupsiya xatarlari kelib chiqmoqda. 

Bu masala bo‘yicha senator A. Dobrix so‘zga chiqib, ushbu masalani o‘rganish va uning yechimini topishga e’tibor qaratdi.